Kafedra o‘quv yuklamasini hisoblash

O‘quv yuklamasi — kafedraning o‘quv yili davomida bajaradigan mashg‘ulotlari va boshqa o‘quv ishlari hajmi. HAJM o‘quv rejalaridagi soatlarni jamlash va ularni o‘qituvchilarga taqsimlashga tayyorlashga yordam beradi.

Hisoblash uchun qanday ma’lumotlar kerak?

Avval o‘quv yili, ta’lim yo‘nalishi va o‘quv rejasi belgilanadi. Har bir fan uchun ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar soatlari kiritiladi. Guruhlar, talabalar va oqimlar soni mashg‘ulotlar hajmini aniqlashda qatnashadi.

Auditoriya va auditoriyadan tashqari ishlar

Ma’ruza uchun bir nechta guruh bir oqimga birlashtirilishi mumkin. Amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari guruhlar yoki kichik guruhlar bo‘yicha rejalashtiriladi. BMI rahbarligi, amaliyot, davlat attestatsiyasi va boshqa ishlar tegishli me’yor hamda kiritilgan miqdor asosida hisoblanadi.

Ochiq dars va kafedra mudiri uchun ajratilgan soatlar kafedraning umumiy ishlari sifatida kiritiladi. Ular muayyan fan yoki ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasini tanlashni talab qilmaydi.

HAJMda ishni boshlash tartibi

  1. Kafedra hisobini oching va kerakli o‘quv yilini tanlang.
  2. Ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv rejalari, fanlar va guruhlar ma’lumotlarini kiriting.
  3. Mashg‘ulot turlari bo‘yicha soatlar va hisoblash me’yorlarini tekshiring.
  4. Kafedra ish hajmini ko‘rib, yuklamani shakllantiring.
  5. Tayyor soatlarni professor-o‘qituvchilarga taqsimlang.

Hisoblash me’yorlari

Natija kiritilgan ma’lumotlar va tizimdagi me’yorlarga bog‘liq. O‘quv yili uchun tasdiqlangan me’yorlar bilan sozlamalarni solishtiring. O‘quv yuklamasini belgilash qoidalarining rasmiy matni Lex.uz portalida keltirilgan.